En
13 May 2022 1327

“INSTITUTSIONAL HAMKORLIK UCHUN ERASMUS+ IMKONIYATLARI” NOMLI AXBOROT SESSIYASI O‘TKAZILDI.

2022-yil 11-may kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Erasmus+ dasturining Toshkentdagi Milliy idorasi vakili bilan hamkorlikda tashkil etilgan, O‘zbekistondagi Erasmus+ haftaligi doirasida “Institutsional hamkorlik uchun Erasmus+ imkoniyatlari” nomli axborot sessiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda Erasmus+ dasturining Toshkentdagi Milliy idorasi vakili, mahalliy ta’lim muassasalari va Toshkent shahridagi xalqaro universitetlar filiallari xalqaro bo‘limlarining rahbarlari, o‘qituvchilar, ma’muriy boshqaruv xodimlari, shuningdek, TSMRI talabalari ham ishtirok etdilar.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari uchun Erasmus+ loyihasi jamoalari bilan tajriba almashish va muhokamalar o'tqazish, shuningdek, Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish uchun ariza topshirishda amaliy maslahatlar berishdan iborat edi.

Erasmus+ dasturining Toshkentdagi Milliy idorasi loyiha menejeri Gulshoda Karlibayevaga tadbirni o‘tkazishda ko‘rsatgan amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Shu bilan birga, ajoyib taqdimotlar va muhokamalar uchun axborot sessiyasi ma'ruzachilari:
Gulshoda Karlibayeva, (NEO loyihasi menejeri);
Umida Zununnova, (Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy tasviriy san’at va dizayn instituti);
Malohat Ilhamova, (Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti);
Jamshid Sultonov, (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)ga ham alohida minnatdorchilik bildiramiz.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech