En
25 Aprel 2022 1259

BIZNES-KONSULTANT, BIZNESNI SISTEMALASHTIRISH VA SOTUV BO‘YICHA EKSPERT IBRAHIM GULYAMOV FRIDAY TALK MEHMONI.

2022-yilning 22-aprel kuni, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida navbatdagi “Friday Talk” loyihasi doirasida IT, meditsina, media va konsalting yo‘nalishlaridagi kompaniyalar ta’sischisi, biznes-konsultant, biznesni sistemalashtirish va sotuv bo‘yicha ekspert Ibrahim Gulyamov ishtirok etdi. Treningdan oldin Ibrahim Gulyamov talabalar uchun institutda tashkil etilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishib chiqdilar.
"Hayotda o`z o`rnini topish" mavzusida o`tgan uchrashuv o`zaro muloqot va savol-javoblarga boy bo`ldi. Treningda biznes va tadbirkorlik boshlashdagi qoidalar, aksariyat tadbirkorlarning xatolari, kelishuv turlari, biznesdagi muvaffaqiyat sirlari hamda insonning o`z sohasini topa olish imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumot berildi. Mehmonimiz o`zining shaxsiy tajribasi va real hayotda tadbirkorlar yo`l qo`yayotgan xatoliklar haqidagi qimmatli ma`lumot hamda maslahatlari bilan ulashdi. Shuningdek, tadbir qiziqarli savol-javoblar va case holatlarini birgalikda o‘rganish kabi zamonaviy hamda interfaol uslubdagi vaziyatlarga boy bo‘lgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bundan tashqari ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga munosib javob olishdi. Tadbir yakunida mehmonimizga esdalik sovg‘alari ulashib, birgalikda suratga tushildi. Qiziqarli trening va ajratilgan vaqt uchun institutimiz Ibrahim Gulyamovga o`z minnatdorchiligini bildiradi.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech