En
7 Dekabr 2023 617

EDUON PLATFORM ASOSCHISI ULUG`BEK RAHMONBERDIYEV TSMRI MEHMONI BO`LDI.

2023-yil 5-dekabrda EduOn platformasi asoschisi va bosh direktori hamda "MFaktor" loyihasining hurmatli ishtirokchisi Ulug'bek Rahmonberdiyev TSMRI talabalari bilan muvaffaqiyatli startap loyihalari sirlari haqida professional suhbat o'tkazdi. "EduOn" Mfaktor biznes maktabining bir qismi hisoblanadi.

Tadbir davomida Ulug'bek Rahmonberdiyev talabalar bilan o'zining turli loyihalari va startaplarni boshqarish va yaratish jarayonida o'rgangan sirlari bo'yicha o'z hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Talabalar Ulug'bek Rahmonberdiyev bilan samimiy muloqot qilishdi va tadbir yakunida barcha ishtirokchilar EduOn platformasidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, talabalar "EduOn" onlayn o'quv platformasida mavjud bo'sh ish o'rinlariga da'vogarlik qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. TSMRI jamoasi mazmunli suhbat uchun Ulug'bek Rahmonberdiyevga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech