En
13 Iyul 2023 642

BANGOR UNIVERSITETI BILAN CHUQUR HAMKORLIK QILISH MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 10-11-iyul kunlari Bangor universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Samuel Jekson-Royl Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga tashrif buyurdi. U Institut xodimlari bilan uchrashib, kelajakdagi rejalarni muhokama qildi.

Uchrashuv davomida Bangor universiteti vakili tomonidan TSMRI talabalari va o'qituvchilarining salohiyatini yanada kuchaytirish uchun qisqa muddatli kurslar va almashinuv dasturlari taklif etildi.

Eng muhim tomoni shundaki, kelajakda Bangor universiteti bilan TSMRI o’rtasida 3+1 hamkorlik dasturi asosida taklif berildi. Shuningdek, TSMRI va Bangor universiteti talabalari hamda o‘qituvchilari o‘rtasida onlayn o'quv dasturlari, loyihalarni amalga oshirish orqali talabalarning hamkorlikda ishchi guruhi tashkil etish, o'qituvchilar uchun treninglar va talabalar almashinuv dasturlari bo’yicha anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech