En
12 Oktyabr 2023 381

"ADA UNIVERSITY" BILAN HAMKORLIK

“ADA University” bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqdi

Ozarbayjonga tashrif davomida yana bir nufuzli oliy dargoh — ADA universiteti bilan 2021-yilda imzolangan memorandumning mantiqiy davomi sifatida yangi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

ADA universitetida prorektor Doktor Fariz Ismoilzoda va Professor Damjan Krnjevich Miskovich vakillarimizga hamrohlik qilishdi. Uchrashuv davomida kelajakda “Biznes boshqaruvi”, “Moliya”, “Huquqshunoslik” va “Axborot texnologiya” yo‘nalishlari, talabalar uchun qisqa muddatli almashinuv dasturlari hamda xodimlarning malakasini oshirish uchun seminar/treninglar tashkillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, TSMRI delegatsiyasiga ADA universitetining ta’lim tizimi va universitet hayoti bilan yaqindan tanishish uchun kampus tur tashkil etildi. Ahamiyatli jihati shundaki, uchrashuv yakunida joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif oldik.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech