En
24 Iyun 2023 569

"PARKENT IJOD UYI"DA SAYYOR DARS O‘TKAZILDI

Ushbu haftaning yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro mehmondo‘stlik va turizm menejmenti yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Parkent tumanida joylashgan “Parkent ijod uyi” dam olish maskanida sayyor dars tashkillashtirildi.

Sayyor dars davomida talabalarga sohaga doir so‘nggi yangiliklar mazmuni amalga oshirilayotgan ishlar misolida tushuntirib berishdan tashqari, turizm obyektlarini boshqarish bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi. So‘ngra, talabalar bilan birgalikda So‘qoq qishlog‘ida joylashgan kafelar faoliyati bilan tanishish maqsadida Institutimiz talabasining oilaviy biznesi — “Favvora” kafesiga tashrif buyurib, u yerda mijozlarga yaratilgan sharoitlar, ularga ko‘satilayotgan xizmatlar bilan tanishildi.

Shuni qayd etish kerakki, talabalar nazariy bilimlarini joylarga chiqib, bevosita amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashlari aynan mana shunday vaqtlarda juda bilinadi. Talabalar bilan navbatdagi sayohat buning yana bir bor isboti bo‘ldi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech