Ру En
23 Oktyabr 2022 1239

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI (BRM).

2022 yilning 20 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutitida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ga erishish va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ilmiy Tadqiqotlar, Innovasiyalar va Konsalting markazi va Qabul va talabalar bilan ishlash, Mol-mulkni boshqarish, Hisob-kitob va Sifatni ta'minlash bo‘limlarining menejerlari ishtirokida Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining dolzarbligi va ahamiyati muhokama qilishdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasining milliy maqsadlari va strategiyalarga katta ye'tibor qaratildi shu bilan birga Barqaror Rivojlanishga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni uyg‘unlashtirish ko‘rib chiqildi.


Institutit jamoasining yig‘ilishdagi maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
- Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiti Rektorining buyrug‘iga asosan institutit faoliyati doirasida Barqaror Rivojlanish sohasidagi maqsad va vazifalarni implementasiya qilish va amalga oshirish chora-tadbirlari o‘rganish.
- Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutitida BRMlarni amalga oshirishga yanada ko‘proq e'tibor qaratish va Barqaror Rivojlanishga erishish muhimligini ilgari surish.
- Barqaror rivojlanishga erishishda institutning hozirgi davrdagi umumiy ma'lumotlarini to‘plash va tahlil qilish.


Ushbu sa'y-harakatlarning asosiy maqsadi muvozanatli barqaror rivojlanishga erishishning ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech