En
6 Dekabr 2023 361

HASAN MAMASAIDOV BILAN "BIZNES-MUVAFFAQIYAT OMILLARI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO`IB O`TDI.

Hasan Mamasaidov bilan "Biznes-muvaffaqiyat omillari" mavzusida davra suhbati Joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida "MFactor" loyihasi, "Office Market" hamda "Dekos" kompaniyalari asoschisi Hasan Mamasaidov bilan talabalar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida H.Mamasaidov  biznesda muvaffaqiyat omillari mavzusida o’z tajribasi bilan bo’lishdi. Tadbirda qatnashgan TSMRI talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan uchrashuv mehmoniga yuzlanishdi hamda biznesda muhim bo’ladigan omillar haqida bilim va ko’nikmalarini orttirdilar.

Ta’kidlash joizki, uchrashuv mehmoni TSMRI talabalari salohiyatini yuqori baholab, institut dasturi biznesni rivojlantirish yo’lida chambarchas bog’liq ekanligini va bundan unumli foydalanib kelgusida yirik biznes loyihalarni amalga oshirishda ko’makchi vazifasini bajarishi mumkinligini qayd etdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech