En

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlash institutining (IELTE) bakalavr darajasiga, shuningdek, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining magistr darajasiga ega. 2005- 2008 yillarda IELTE-da  akademik maqsadlar uchun ingliz tili (ESP), Amerika adabiyoti va til amaliyoti fanlari bo'yicha dars berdi. Bundan tashqari, 2007-2008 yillarda Britaniyaning O'zbekistondagi konsulligi tomonidan amalga oshirilgan "Talaba mustaqilligini rivojlantirish" loyihasi uchun materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etdi. O'rta-maxsus maktablar, kasb-hunar kollejlar va akademik litseylarning ingliz tili o'qituvchilari uchun treninglar (O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha), aeroport bojxona hodimlari va chegara xizmatlari uchun treninglar (Sayyohat va turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish davlat dasturi) ) va maktab o'qituvchilari uchun uslubiy treninglar o'tkazdi. ESL, EFL, ESP, akademik yozish va muloqot maxoratini o'rgatish bo'yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega. Uning ilmiy qiziqishlari madaniyatlararo muloqot madaniyati; tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; iqtisodiyot, biznes va menejmentga ixtisoslashgan talabalarga ikkinchi tilni o'qitish usullari; sotsiolingvistika sohalarni o'z ichiga oladi.

MA’LUMOTI

Lingvistika (ingliz tili) bo’yicha magistr darajasi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O’zbekiston)

 Ingliz tilini o'qitish bo'yicha bakalavr darajasi (IELTE dasturi), O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O’zbekiston)

O’QITISH SOHALARI

Muloqot madaniyati, Chet tillarni o'qitish metodikasi, Tanqidiy fikrlash, Sotsiolingvistika

ILMIY IZLANISH YO’NALISHLARI

Madaniyatlararo muloqot madaniyati; tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; iqtisodiyot, biznes va menejmentga ixtisoslashgan talabalarga ikkinchi tilni o'qitish usullari; sotsiolingvistika

NASHRLAR

  • Tatyana Sokhrannaya and Nodirakhon Akhunova (2020) The role of teaching culture in second language acquisition, Scientific Digest (Collection of articles of academic staff at Management Development Institute of Singapore in Tashkent)
  • Elena Khanzadyan and Tatyana Sokhrannaya (2019) Определение роли межкультурной коммуникации в развитии международных бизнес отношений: стратегии успеха, Scientific Digest (Collection of articles of academic staff at Management Development Institute of Singapore in Tashkent)
  • Tatyana Sokhrannaya, Nodirakhon Akhunova, Abdukodir Bakhriyev, Nargiza Abdurakhmanova (2018) Phrasebook for Hospitality Professionals
  • Nodirakhon Akunova, Abdukodir Bakhriyev, Tatyana Sokrannaya, Yelena Khanzadyan, Nargiza Abdurakhmanova, and Flora Tosheva (2018) Phrasebook for Customs
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech