En

TSMRI O‘quv-resurs markazi Toshkent shahridagi xalqaro universitetlarning yetakchi kutubxonalari orasida munosib o‘rin egallaydi. TSMRI o’quv-resurs markazi SMRI (Singapur) kutubxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik qiladi. O’quv-resurs markazi ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy uslubda jihozlangan bo‘lib, mamlakatimizda kutubxona xizmatlarini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shmoqda.

O'quv-resurs markazi va uning jamoasi, institut akademik hayotining asosiy negizidan biri sifatida, o‘quv jarayoni samaradorligini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni hozirgi kunga qadar yaratmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq bo’lib, o'quv-resurs markazi xalqaro standartlarga javob beradigan kutubxona va nusxa ko‘chirish markazidan iborat.

Odatiy ish vaqti

Dushanba-Juma

08.30 – 22.00

Shanba

09.00 – 18.00

Yakshanba va bayram kunalri

yopiq

 

Ta’til davri uchun ish vaqti

Dushanba-Juma

09.00 – 18.00

Shanba

09.00 – 13.00

Yakshanba va bayram kunalri

yopiq

E'lon qilingan ish soatlaridagi har qanday kutilmagan o'zgarishlar kutubxonada e’lon qilinadi.

Aloqa

O’quv-resurs markazi ro’yxatxonasi: +99871 2717702

E-mail: lrc@mdis.uz

WEB: lrc.mdis.uz

O‘quv-resurs markazi biznes, marketing, menejment, turizm, moliya, bank va axborot texnologiyalari bilan bog’liq manbalarni o‘z ichiga oladi. Kutubxonada hisob-kitob, matematika, shaxsiy rivojlanish, statistika, taniqli tadbirkorlar, siyosatchilar, madaniyat va san’at arboblarining hikoyalari bilan birgalikda xalqaro va milliy tashkilotlarga oid boshqa kitoblar ham mavjud. Tashrif buyuruvchilar xalqaro nashrlar tomonidan chop etiladigan xalqaro jurnal va gazetalardan ham foydalanish imkoniyatiga ega.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech