9 Февраль 2024 402

“TADBIRKOR AYOL” XALQARO ISHBILARMON AYOLLAR ASSOTSIATSIYASI BILAN HAMKORLIK

"Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik

Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti biznes va turizmni rivojlantirish innovatsion markazida "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining biznes-trener va loyiha menejeri Shahnoza Yusupova bilan davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda assotsiatsiyaning tadbirkor ayollarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini oshirishning tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratish, shuningdek, ularni huquqiy qo'llab-quvvatlash orqali tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlari ta'kidlandi.

Qayd etish kerakki, TSMRI va "Tadbirkor ayol" xalaqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o'rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, joriy yilning aprel oyida xorijiy ekspertlar va ishbilarmon ayollar, davlat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida konferensiya o'tkazish rejalashtirilgan.

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin

APPLY NOW
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech