28 Октябрь 2021 2077

OGAYO SHTATI UNIVERSITETI QOSHIDAGI MERSHON MARKAZINING FAXRIY PROFESSORI VA NAFAQADAGI ILMIY XODIMI BRAYAN M. POLLINS BILAN SUHBAT BO‘LIB O‘TDI.

2021-yil 26-oktabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Ogayo shtati universiteti qoshidagi Mershon markazining faxriy professori va nafaqadagi ilmiy xodimi Brayan M. Pollins bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Professor Pollins o‘z nutqini “Milliy kuch va xalqaro savdo: O‘zbekistonning global iqtisodiyot bilan aloqasi” mavzusiga bag‘ishladi.
Professor o'z taqdimotida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga yo'naltirilgan istiqbolli islohotlar, xususan, to'qimachilik sanoatida yuqori darajada amalga oshirilayotganini ta'kidladi. O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjuddir. Bu sohada tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish, xomashyo eksportiga qaraganda 4-5 barobar ko‘p foyda keltirishi mumkin. Shu bois O‘zbekiston qo‘shimcha qiymatga ega tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishdan, ko‘proq foyda olishi mumkin.
So‘ngra suhbat savol va javob ko'rinishida davom etdi, unda faxriy mehmon tinglovchilarning savollariga javob qaytardi.

APPLY NOW
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech